O‘zbekiston va AQSh Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
2019 yilning 11 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyat va ushbu mamlakatda tinchlik jarayonini boshlash istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.
Ta'kidlanganidek, ko‘p yillik afg‘on mojarosini faqatgina kurashayotgan tomonlar o‘rtasida tinchlik muzokaralarini o‘tkazish yo‘li bilan bartaraf etish mumkin. Mazkur shart asosiy qoida o‘laroq Toshkent deklaratsiyasi matnida ilgari surilgan va belgilagan. Ushbu hujjat dunyoning yetakchi davlatlari va mintaqa mamlakatlari vakillari tomonidan konsensus asosida qabul qilingan.
Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston – AQSh hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari hamda Afg‘onistonda yirik ijtimoiy-iqtisodiy obektlarni barpo etishda va infratuzilma loyihalarini tatbiq etishda amaliy hamkorlik qilish to‘g‘risidagi takliflar muhokama qilindi. Ushbu loyihalar Afg‘onistonning tinch va barqaror rivojlanishiga, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar jihatdan Markaziy Osiyo hududining uzviy qismi bo‘lishiga imkon yaratadi.
TIVdagi uchrashuvda boshqa xalqaro va mintaqaviy masalalar ham ko‘rib chiqildi, deyiladi xabarda.
Suhbatda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev ishtirok etgan.
Bundan oldin, Zalmay Xalilzod O‘zbekistonga kelayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
17:13 / 25.12.2024
O‘zbekiston Afg‘oniston aholisiga insonparvarlik yordami va «Salomatlik» poyezdini jo‘natdi
17:10 / 25.12.2024