Jamiyat | 18:55 / 13.04.2019
7172
3 daqiqa o‘qiladi

“BankExpo-2019”: “Mikrokreditbank”ning o‘ziga xos yutuqlari

Foto: Mikrokreditbank

Xabaringiz bor, ayni kunlarda “O‘zekspomarkaz” pavilonida “BankExpo-2019” ko‘rgazmasi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Mazkur ko‘rgazmada “Mikrokreditbank” o‘z mijozlariga zamonaviy xizmat turlarini taqdim qilmoqda, degan gapni ishlatsak, bu gapdan xabardor bo‘lmasligingiz mumkin. Demak, bir boshdan sanaymiz.

Bank tomonidan jismoniy shaxslar uchun “overdraft” va “mikroqarz” kreditlari hamda bank hisob raqamlarini masofadan turib boshqarish imkonini beruvchi "MKB Mobile" ilovasi joriy etilgan. Mijozlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida bankning "MKB Mobile" ilovasi yordamida:

-      kommunal to‘lovlarni bir zumda to‘lash;

-      kartadan kartaga mablag‘ o‘tkazish (R2R);

-      QR-kod orqali kontaksiz to‘lovlarni amalga oshirish;

-      mijozning “so‘m” plastik kartasidan “valuta” plastik kartasiga avtokonversiya qilish;

-      plastik kartadagi mablag‘larni “online omonat”ga qo‘yish;

-      “online-overdraft” va “online-mikroqarz” kreditlaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.

Foto: Mikrokreditbank

E'tiborli tomoni shundaki, bank tomonidan joriy qilingan “online-mikroqarz” xizmatidan foydalanuvchilar atigi 5 soniya ichida, boz ustiga turfa qog‘ozbozlig-u, ming xil hujjatlarni rasmiylashtirmagan holda kredit olish imkoniga ega bo‘lishadi. Buning uchun bor-yo‘g‘i mijozning oylik ish haqi – “Mikrokreditbank” plastik kartochkalariga moliyalashtirilganining o‘zi yetarli asos bo‘lib hisoblanadi.

Ushbu xizmat turining joriy qilingani – bank o‘z mijozlarini kunlik ehtiyojlar uchun talab etiladigan mablag‘lar bilan tez, qulay va “onlayn” tarzda ta'minlashni bosh maqsad qilib olganidan dalolat beradi.

Yana bir gap. Ko‘rgazma davomida bank o‘zining – ishonchli, faol hamda barqaror faoliyat ko‘rsatayotgan mijozlarini taqdirladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid