YeChL haftasining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e'lon qilindi
UYeFA rasmiy saytida Chempionlar ligasida hafta futbolchisi bo‘lish uchun 4 nomzod nomi ma'lum qilindi.
Hafta futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar: «Barselona» hujumchisi Lionel Messi, «Ayaks» himoyachisi Mateys de Ligt, «Tottenhem Hotspur» forvardi Son Xin Min va «Liverpul» hujumchisi Roberto Firmino.
Messi «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi, de Ligt «Yuventus»ga qarshi o‘yinda g‘alaba goli muallifi bo‘ldi, Son Xin Min ham «Manchester Siti»ga qarshi gollarga boy o‘yinda ikkita gol urdi, Firmino ham «Portu»ga qarshi o‘yinning eng faol futbolchilaridan bo‘ldi va o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi.
Chempionlar ligasining bu haftasida quyidagi 4 o‘yin o‘tkazildi: «Barselona» — «Manchester Yunayted» (3:0), «Yuventus» — «Ayaks» (1:2), «Manchester Siti» — «Tottenhem Hotspur» (4:3), «Portu» — «Liverpul» (1:4).
Mavzuga oid
11:55 / 11.12.2024
Berdiyev - Superliganing eng yaxshi murabbiyi, Mozgovoy - eng yaxshi futbolchi
16:34 / 25.12.2021
Shomurodov – O‘zbekistonning 2021 yildagi eng yaxshi futbolchisi, Berdiyev – eng yaxshi murabbiy. UZ Football Awards-2021 yakunlari
14:39 / 22.12.2021
O‘FA O‘zbekistonning 2021 yildagi eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogar 10 futbolchidan yakuniy uchlikni aniqladi
20:53 / 17.11.2021