Liberiya prezidenti ilonlar sababli uyida ishlashga majbur bo‘ldi
Liberiya prezidenti Jorj Vea o‘zining ish joyiga binoda ilonlar borligi sababli tusha olmadi. Bu haqda 19 aprelda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Xodimlar Veaning ishchi kabineti joylashgan Liberiya tashqi ishlar vazirligi binosining 1-qavatida ikkita qora ilonni payqab qolishgan.
Shu sababli binoni “barcha sudralib yuruvchilardan tozalash” ishlari olib borilgan.
Mahalliy OAVning ma'lum qilishicha, aprel boshida ham binoda shunday tozalash ishlari olib borilgan. Prezident ma'muriyatida ilonlar binoga qanday qilib kirib qolayotganini aniqlashga va'da berilgan.
Taniqli sobiq futbolchi Jorj Vea 2018 yil yanvardan Liberiya prezidenti lavozimini egallab keladi. U o‘z vaqtida “PSJ”, “Milan”, “Chelsi”, “Manchester Siti” kabi nomdor klublarda to‘p surgan. 1995 yilda FIFA versiyasi bo‘yicha yil o‘yinchisi, Yevropaning eng yaxshi futbolchisi (Oltin to‘p) va Afrikaning yil o‘yinchisi deb topilgan.
Mavzuga oid
17:34 / 15.12.2024
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan vaqtincha chetlatildi
22:08 / 04.12.2024
Namibiyada birinchi marta ayol kishi prezident etib saylandi
18:22 / 27.09.2024
O‘zbekiston Afrikaning ikki davlati bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi
18:25 / 02.07.2024