Sport | 22:38 / 21.04.2019
11022
2 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» yana birinchi o‘rinni qaytarib oldi

Angliya chempionatining 35-turida ligada qolish uchun kurash olib borayotgan «Kardiff Siti» «Liverpul»ni qabul qildi. Kardiffdagi «Kardiff Siti» stadionida kechgan o‘yin mehmonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 57-daqiqasida Jorjino Veynaldum hisobni ochdi, unga Trent Aleksander-Arnold assistentlik qildi. Ikkinchi gol o‘yin oxirida Jyeyms Milner tomonidan urildi, u Muhamad Salohga ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan penaltini aniq ijro etdi.

Bu g‘alaba evaziga «Liverpul» ochkolari sonini 88taga yetkazib, turnir jadvalidagi birinchi o‘rinni «Manchester Siti»dan (86 ochko va zaxirada bir o‘yin) qaytarib oldi. «Kardiff Siti» 31 ochko bilan 18-o‘rinda qolmoqda.

Keyingi turda, 26 aprel kuni «Liverpul»ni «Haddersfild»qabul qiladi, «Kardiff Siti» 27 aprel kuni «Fulhem» mehmoni bo‘ladi.

Angliya chempionati
35-tur
Kardiff – Liverpul 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 57 Veynaldum, 0:2 – 81, penalti Milner.
Kardiff – Eteridj, Manga, Bennett, Pelter, Morrison, Gunnarsson, Kamarasa, Mendes-Leyng, Rolls (Bakuna, 79), Xoylett (Merfi, 83), Nyasse (Zoxore, 67).
Liverpul – Alisson, Matip, Aleksander-Arnold (Gomes, 86), van Deyk, Roberson, Henderson, Veynaldum, Keyta (Fabino, 71; Milner, 75), Mane, Saloh, Firmino.
Ogohlantirishlar: Gunnarsson (80), Milner (90).

Mavzuga oid