O‘zbekiston | 15:34 / 25.04.2019
6064
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zstandart» huzuridagi Akkreditatsiya markazining asosiy vazifalari belgilandi

Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, “O‘zstandart” agentligi tuzilmasida muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi maxsus vakolatli organ hisoblangan “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi” DUK tashkil etilgan.

Quyidagilar Akkreditatsiya markazining ustuvor vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishda akkreditatsiya jarayonining betarafligi va xolisligini ta'minlagan holda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik;

Akkreditatsiya bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligiga, Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilotga va Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forumga to‘laqonli a'zo sifatida kirish;

akkreditatsiya milliy tizimini xalqaro normalar va mezonlarga muvofiq doimiy ravishda rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablariga rioya qilish;

akkreditatsiya tartib-taomillariga taalluqli zarur axborotni, shu jumladan, o‘zining rasmiy veb-sayti orqali erkin olish imkoniyatini yaratish;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida akkreditatsiya bo‘yicha ishlar natijalarining xorijiy mamlakatlar tomonidan e'tirof etilishini ta'minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rish;

akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tashkilotlar va ularning akkreditatsiya sohasi to‘g‘risidagi ma'lumotlar bazasining shakllantirilishi va dolzarb holatda saqlanishini, shuningdek, tegishli axborotning maxfiyligiga rioya qilgan holda jamoatchilikning ulardan foydalanishini ta'minlash.

Mavzuga oid