Sport | 20:29 / 01.05.2019
6822
2 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Paxtakor» irodali tarzda «Metallurg»ni yengdi

Superligada 7-tur o‘yinlari boshlandi.

«Paxtakor» o‘z maydonida «Metallurg» bilan bellashdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

12-daqiqada Isoqjonov uzoq masofadan kuchli zarba yo‘llab, chiroyli tarzda gol urdi va «Metallurg»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo oradan 1 daqiqa o‘tgach Cheran hisobni tenglashtirdi. Uning o‘zi 37-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, jamoasiga g‘alaba keltiruvchi golni urdi.

Bu natijadan so‘ng, «Paxtakor» 19 ochko bilan 1-o‘rinda, «Metallurg» esa 10 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. 

Superliga, 7-tur
1 may, Toshkent, «Paxtakor» stadioni 
PAXTAKOR (Toshkent) – MeTALLURG (Bekobod) 2:1
Gollar: Cheran (13, 37 pen) – Isoqjonov (12) 
Paxtakor: Quvvatov, Komilov, A'zamov, Simich (s), Alijonov, Hamrobekov, Sidiqov, Masharipov, Cheran, Hamdamov, Sergeyev
Metallurg: Lobanov, Otaxonov, Yo‘ldoshev, Isoqjonov, Abdurahimov, Mullajonov, Usmonov, Tojiyev, Andreyev, Ismatullayev (s), Pardayev
Hakamlar: A.Shukurullayev, A.Usmonov, R.Shoyaxmetov, D.Rahmonov.
Nazoratchi: K.Smirnov.
Komissar: L.Qo‘chqorov.

Mavzuga oid