Jamiyat | 14:34 / 14.05.2019
37166
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura Shovotdagi qotillik bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

2019 yil 13 may kuni soat 13:00larda Xorazm viloyati Shovot tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, «Arbek» mahallasida yashovchi fuqaro M.O. (1973 yilda tug‘ilgan) turmush o‘rtog‘i F.E.ni rashk qilib, o‘rtalarida kelib chiqqan janjal sababli, yashash uyida oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘ining bo‘yin qismiga jarohat yetkazgan, oqibatda F.E. (1978 yilda tug‘ilgan) voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida tuman prokuraturasi tomonidan M.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

M.O. tegishli protsessual tartibda ushlangan, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid