Sport | 01:57 / 16.05.2019
14723
2 daqiqa o‘qiladi

Otabek Shukurov «Sharja» bilan BAA chempioni bo‘ldi

BAA chempionatida 25-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

«Sharja» klubi o‘z maydonida «Al-Vahda» bilan o‘ynadi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada, jamoa 56 ochko jamg‘arib, muddatidan oldin chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. Bu jamoaning o‘z tarixidagi oltinchi unvonidir. 

So‘nggi tur oldidan, 2-o‘rinni egallab turgan «Shabab Al-Ahliy» klubida 53 ochko bor va yakunda jamoalarning ko‘rsatkichlari tenglashib qolishi ham mumkin. Ammo «Sharja» o‘zaro o‘yinlarda ustunlikka ega.

Qayd qilish joizki, «Sharja» tarkibida hamyurtimiz Otabek Shukurov ham chempion bo‘ldi. Ayni paytda u og‘ir jarohatini davolash bilan mashg‘ul. Shukurov bu mavsumda 17ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.

BAA chempionati, 25-tur
15 may

ShARJA – AL-VAHDA 3:2

Gollar: Koronado (30, 57), Velliton (46) – Leonardo (40), Tagliabu (76)

Mavzuga oid