Light | 17:36 / 21.05.2019
24523
5 daqiqa o‘qiladi

Ovqatlanishdagi 5 ta asosiy xato sababli vazn tashlamayapsiz

Foto: Layfxaker

1-xato. Porsiya o‘lchamini kuzatmayapsiz

Ko‘pchilik mahsulot foydali bo‘lsa, uni cheklanmagan miqdorda iste'mol qilish mumkin deb hisoblaydi. Bu katta xato. Hatto cheklanmagan miqdorda iste'mol qilingan foydali yirik boshoqli makaron yoki shirin mevalar barcha harakatlaringizni chippakka chiqarishi mumkin.

Qanday to‘g‘rilash mumkin?

Oshxona tarozisini xarid qiling va iste'mol qilinayotgan barcha mahsulotlarni o‘lchang.

Energetik quvvatni hisoblash uchun smartfoningizga ilovani yuklang yoki kunlik normadan oshirmaslik uchun kundalik yuriting.

Yodingizda bo‘lsin, har bir o‘ramda va jadvalda 100 gramm qayta ishlanmagan mahsulot quvvati ko‘rsatiladi. Tayyor mahsulotniki esa katta farq qilishi mumkin.

Shuning uchun mahsulotni tayyorlashdan oldin o‘lchang yoki jadvaldan tayyor mahsulotning energetik quvvati ko‘rsatkichini izlang.

2-xato. Qaylalar quvvatini hisobga olmaysiz

Ko‘pchilik vazn tashlash istagida bo‘lganlar qaylaning kam miqdori taom quvvatini oshirmaydi deb hisoblashadi. Aslida esa xarid qilingan qayla mahsulotlari odatda juda ko‘p quvvatga ega va yog‘li; ularning tarkibida 30 grammga yaqin yog‘ va 100 grammda 300 kilokaloriya bo‘ladi. Taomga 30 gramm qayla qo‘shib, ko‘p qismi to‘yingan yog‘lardan iborat 90 kilokaloriya iste'mol qilasiz.

Qanday to‘g‘rilash mumkin?

Qayla o‘rniga tabiiy ziravorlardan foydalaning. Ana shunda ta'mga zarar yetkazmagan holda taomlaringiz quvvatini kamaytirasiz.

Agar qayladan voz kecha olmasangiz, kamroq zarar tamoyilini qo‘llang: ketchup o‘rniga tabiiy tomat pastasini xarid qiling, mayonezni esa oq yogurt va xantalli qaylaga aylantiring.

Foto: Layfxaker

3-xato. Yog‘li taomlarni afzal bilasiz

Yog‘sizlantirilgan sut va qatiq mahsulotlari nafaqat ozishga yordam beradi, balki ko‘proq kaloriya iste'mol qilishga majbur qiladi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari «Yog‘liligi – 0 foiz» belgisi iste'molchilarni 84 kilokaloriya ko‘proq iste'mol qilishga majbur etishi aniqlandi.

Bundan tashqari, yog‘sizlantirilgan mahsulotlar to‘yimlilik hissini bermaydi, ularning vitamin hamda mikroelementlari yaxshi o‘zlashtirilmaydi. Natijada kamroq foyda olasiz va tez orada yana ovqat yeyish istagi paydo bo‘ladi.

Qanday to‘g‘rilash mumkin?

O‘rtacha yog‘lilik darajasiga ega mahsulotlarni xarid qiling.

Nafaqat kaloriya, balki oqsil, yog‘ va uglevodlarni ham hisoblang.

O‘ramni diqqat bilan o‘qing: ayrim yog‘sizlantirilgan mahsulotlarga ta'mni yaxshilash uchun shakar qo‘shiladi, bu esa ularning quvvatlilik darajasini oshiradi.

4-xato. Qovurilgan taomlarni afzal bilasiz

Qovurish jarayonida foydalaniladigan o‘simlik yog‘i taomning quvvatlilik darajasini oshiradi.

Qanday to‘g‘rilash mumkin?

Taom tayyorlashning boshqa usullarini qo‘llang: mahsulotlarni gaz duxovkasida yoki bug‘da tayyorlang.

Taomni yog‘siz tayyorlash imkonini beradigan maxsus tova xarid qiling.

Agar qovurish jarayonida yog‘dan foydalansangiz, uni butilkadan tovaga quymang, aksincha yuzasiga cho‘tka bilan surting.

Foto: Layfxaker

5-xato. Juda ko‘p foydali shirinliklarni iste'mol qilasiz

Ko‘pincha konfet va pechenelarni foydaliroq yeguliklarga almashtirishni maslahat berishadi. Ha, ularning tarkibida foydali moddalar ko‘p, biroq kaloriyasi kamroq. Masalan, grek yong‘og‘ining 30 grammida 196 kilokaloriya bor, ana shuncha xurmoda esa 80 kilokaloriya bo‘ladi.

Qanday to‘g‘rilash kerak?

Quruq meva va yong‘oq solingan likopni ko‘rinarli joydan olib qo‘ying.

Foydali yeguliklar iste'mol qilishdan avval porsiyani o‘lchang va kaloriyani hisoblang.

Foydali ovqatlanishni boshlang va xatolar barcha xatti-harakatlaringizni yo‘qqa chiqarishiga yo‘l qo‘ymang.

Mavzuga oid