Parijda gvineyalik siyosatchidan 45 mln yevrolik brilliant o‘g‘irlab ketildi
Parijda Gvineya prezidentiga sobiq nomzod Mari-Madlen Diubatedan 45 mln yevrolik brilliant o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda France Bleu radiostansiyasi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, siyosatchi ayol Parijning 8-okrugidagi Warwick mehmonxonasida uning brilliantini baholashi kerak bo‘lgan ikki erkak bilan uchrashgan. Erkaklar o‘zlarini rossiyalik gemmologlar, qimmatbaho toshlar sohasida katta mutaxassislar deb tanishtirishgan.
“Mutaxassislar” qimmatbaho toshni “baholab”, uning qiymati 45 mln yevro ekanligini aytib, Diubatega bu haqda sertifikat topshirishgan. So‘ngra ayol qaramayotganda erkaklar brilliantni almashtirib qo‘yishgan va unga soxta brilliant solingan qutini berishgan. Ayol birozdan keyin tunab ketilganini anglagan, biroq erkaklar allaqachon yashirinishga ulgurib bo‘lishgan.
Ta'kidlanishicha, brilliant 20 may kuni o‘g‘irlangan. 22 mayda ushbu o‘g‘rilik yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Politsiya kuzatuv kameralaridan yozuvlarni o‘rganib chiqadi.
Radioning ta'kidlashicha, Gvineya dunyoda olmos ishlab chiqaruvchi asosiy davlatlardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
21:29 / 22.12.2024
Dunyoga mashhur «Mona Liza»ni kim va qanday o‘marib ketgandi?
00:01 / 08.12.2024
Zelenskiy Parijda Tramp va Makron bilan uchrashdi
16:09 / 30.11.2024