Light | 19:46 / 23.05.2019
19365
3 daqiqa o‘qiladi

Sirli Venetsiya

Venetsiyaga sayohat qilish uchun otlanganda uzoq sayrlar va sayyohlar olomoniga tayyor turing. Ayniqsa, karnaval va mahalliy festivallar vaqtida boradigan bo‘lsangiz. Bu paytda shaharga dunyoning barcha qismlaridan sayyohlar keladi va ularning hammasi gondolada sayr qilish va shaharning asosiy obidalarni tomosha qilishni istaydilar.

Foto: Pinterest

Venetsiya ibodatxonalarini ko‘rib chiqqach, zargarlarning yopiq do‘konlari, shaharning arxitektura va gastronomik xazinalariga tashrif buyurish kerak. Bu shahar aholisi hamda sayyohlarning tor doirasigagina ma'lum bo‘lgan o‘ziga xos joylar.

Judekka oroli

Foto: Wikipedia

Venetsiyadagi shovqin va faollikdan charchaganingiz zahoti «suv taksisiga» o‘tiring va to‘lqinlar ustida Judekka oroliga otlaning. Bu yerda go‘zal bog‘larga guvoh bo‘lasiz. U yerda ananas, atirgul va ulkan sarv daraxtlari o‘sadi. Bu yerda bog‘ni qurgan avstriyalik arxitektor Frederik Xundertvasserning uyi joylashgan. Usta binolarni qurishda tabiatning haqiqiy hayotiga aralashmaslik kerakligini aytgan. Orol o‘z sukunati, chiroyli manzaralari va bog‘larining ifori bilan sizni o‘ziga jalb etadi.

Libreria Acqua Alta

Foto: TripAdvisor

San-Marko maydoni yaqinida kitob do‘koni joylashgan. Bu yerda turli xorijiy tillarda yozilgan kitoblarni topish mumkin. Ular yangi nashrlar ham yoki bir necha kitobxonni ko‘rgan eski kitoblar ham bo‘lishi mumkin.

Libreria Acqua Alta do‘koni g‘aroyib intereri bilan o‘ziga xos. Bu yerda kemalar, gondola va hatto vannalar ham javon vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, do‘konda mushuklar ham yuradi. Derazadan esa kanalning betakror manzarasini kuzatish mumkin.

Antica Locanda Montin

Foto: TripAdvisor

Juda shinam restoran. Zal orqali o‘tib, arkaga kelasiz. Bu yerda mahalliy oshxona taomlarini tatib ko‘rish va soya ostida dam olish mumkin. Tushlikdan tashqari tashrifchilarga tunni ana shu yerda o‘tkazish taklif etiladi. Antica Locanda Montin o‘zining shaxsiy mini mehmonxonasiga ega. Xona derazalari kanalga qaragan va yotoqxonada to‘lqinlar shovqini hamda kemalar tovushlari eshitiladi.

Mavzuga oid