Sport | 12:20 / 28.05.2019
23593
2 daqiqa o‘qiladi

Peres Ronalduning «Real»dan ketishi qay tarzda ro‘y bergani haqida gapirdi

Foto: REUTERS

«Real» prezidenti Florentino Peres klubdagi faoliyati mobaynida portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni eng yaxshi xaridi bo‘lgan, deb hisoblashini aytdi.

«U o‘zini yangi mashaqqatlar chorlovi bilan sinab ko‘rishni istayotgandi va Chempionlar ligasi finalidan keyin bu haqda aytdi. U – men shartnoma imzolagan futbolchilar orasida eng yaxshisi.

Uning klubdagi 9 yillik faoliyati namuna bo‘lishga arziydi. Biror marta muammo tug‘dirmadi. Krishtianu bilan hech bir masalada – na pul, na munosabatlarda muammo bo‘lgani yo‘q. OAVdagi xabarlar noto‘g‘ri, u hech qachon «Real»dan soliq qarzlarini to‘lab berishini so‘ramagan.

U o‘zgarishga qo‘l urishni va yaxshiroq shartnomasi bo‘lishini xohlayotgan edi. Oxir-oqibat izlaganini «Yuventus»da topdi va yakunda bu hamma uchun yaxshi bo‘ldi. U kabi buyuk o‘yinchilarga ba'zida yangi mashaqqat chorlovi kerak bo‘ladi. U «Yuventus»da ana shu narsani va yangi oilani topa oldi. Va u bundan xursand. U xursandmi, demak biz ham xursandmiz.

Biz Asensio, Beyl va Vinisiusga ishonib, uni qo‘yib yubordik.

Klubdan ketganidan keyin u bilan hech gaplashdimmi? O‘zaro suhbatlar, yozishmalar va shu kabi shaxsiy muloqot boshqalarga oshkor qilinmaydi.

Bu mavsumda biz duch kelgan muammolar Krishtianu o‘rniga munosib nomzod topa olmaganimiz bilan bog‘liq, deb o‘ylamayman», – dedi Peres Onda Cero radiosiga bergan intervyusida.

Mavzuga oid