Jamiyat | 16:38 / 01.06.2019
91523
3 daqiqa o‘qiladi

PPX xodimi: «Sening nima ishing bor? GAI xodimimisan?»

Foto: Videodan kadr

Internetda patrul-post xizmati (PPX) xodimi ishtirokida yuz bergan voqea tasvirlangan video tarqaldi.

Videoda davlat belgisi 01 475 VSF bo‘lgan «Neksiya-2» rusumli xizmat mashinasida ketayotgan PPX xodimi yo‘lda yaqinni yorituvchi chiroqni yoqmagan holda harakatlanayotganini ko‘rish mumkin.

Haydovchi va uning yo‘lovchisi xodimga yangi qoidalar haqida eslatgan. Shu bilan birga, PPX vakili unga: «O‘zingiz yoqib olavering!» deb, haydovchidan mashinani to‘xtatishni talab qiladi.

Quyida suhbatning to‘liq matni keltiriladi:

Haydovchi: Komandir, faralarni yoqib olaylik

PPX xodimi: O‘zingiz yoqib olavering

Haydovchi: Nima, sizga yoqish mumkin emasmi?

PPX xodimi: Menga mumkin emas. Nima deysan? Ol, chekkaga!

Haydovchi: Nega olaman?

PPX xodimi: Ol!

Haydovchi uning talabiga bo‘ysungan va o‘z mashinasini to‘xtatgan. Xizmat mashinasidan PPX va Milliy gvardiya xodimlari tushib kelgan.

PPX xodimi haydovchiga savol bilan murojaat qilgan. Suhbat matni:

PPX xodimi: Sening nima ishing bor? GAI xodimimisan?

Haydovchi: Yo‘q, shunchaki so‘radim. Qonun sizlarga emasmi?

PPX xodimi: Qonunni nazorat qilish senga emas. Nazorat qiladigan organlar bor, tushundingmi?

Haydovchi: Xo‘p, sizga nima mumkin emasmi?

PPX xodimi: Sening nima ishing bor?!

Haydovchi: Shunchaki so‘rayapman

PPX xodimi: Meni ham to‘xtatadigan GAI bor, seni ham to‘xtatadigan GAI bor. Bo‘ldimi?

Haydovchi: Yo‘q, sizga mumkin emasmi?

Xodim: Mumkin emas.

Eslatib o‘tamiz, 10 maydan kunduzgi vaqtda yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib yurmaganlik uchun haydovchilar jarimaga tortila boshladi. Jarima miqdori eng kam ish haqining 50%ini tashkil etadi. Takror sodir etish sanksiya miqdoriga ta'sir ko‘rsatadi – o‘ta «ashaddiy» qoidabuzarlarga EKIHning 4 baravari miqdorida jarima solinadi yoki haydovchilik guvohnomasidan yarim yilga mahrum etiladi

Mavzuga oid