Light | 16:17 / 04.06.2019
6516
2 daqiqa o‘qiladi

Protest san'ati: plastik stakanlardan yaratilgan g‘or

Har kuni dunyoda ko‘p miqdordagi plastik idishlardan foydalaniladi. Plastik hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. U atrof-muhitga qay darajada zarar yetkazishi haqida esa hatto o‘ylamaymiz ham.

Foto: Plastikophobia

Singapurda bu muammoga befarq bo‘lmagan odamlar plastik idishlardan g‘or yaratishga qaror qilishdi. Aytish joizki, bu joy sayyohlar orasida dong qozondi. G‘orni yaratish uchun barcha yirik savdo markazlaridan finjon va stakanlar to‘plandi.

Tozalangan plastik idishlardan barpo etilgan g‘or – Plastikophobia nomini oldi.

Foto: Plastikophobia

Aytish joizki, bu nom juda g‘aroyib. Bu kabi so‘zni hech bir lug‘atdan izlab topolmaysiz. U insonning plastikka bo‘lgan munosabatini yuz foiz aks ettiradigan norasmiy nomdir.

Foto: Plastikophobia

G‘orni yaratish uchun ko‘ngillilar ko‘p vaqt sarflashdi. 30 soat davomida plastik idishlar uyumini yuvishdi. Obektni yaratish ustida 30 nafar kishi ishladi. Natijada 18 ming dona stakandan foydalanishdi.

Foto: Plastikophobia

Singapur aholisi misolida butun dunyodagi odamlar #plastikophobia xeshtegi bilan ijtimoiy tarmoqlarda fleshmoblarni tarqatishdi. Ehtimol, bu kabi global aksiya odamlarni kundalik hayotda plastikdan foydalanishni qisqartirishga majbur qilar. Yana kim biladi deysiz?

Mavzuga oid