Sport | 22:42 / 20.06.2019
11519
2 daqiqa o‘qiladi

Vitaliy Denisov «Rubin»ga o‘tganiga izoh berdi

Moskvaning «Lokomotiv» klubi himoyachisi Vitaliy Denisov Qozonning «Rubin» klubiga o‘tdi.

O‘zbekiston milliy jamoasining 32 yoshli futbolchisi bu voqeaga izoh berdi.

«Bu yangi qadam, yangi chorlov. Hozircha taassurotlarim bilan o‘rtoqlasha olmayman, hali bir narsa deyishga erta.

Umid qilamanki, yangi jamoaga tezroq moslashib ketaman. Futbolchilar va murabbiylar bilan til topishib ketishga harakat qilaman. 

Raqobat – har doim yaxshi. Yoshmi, tajribalimi, buning ahamiyati yo‘q. Kimning qaysi nuqtada to‘p tepishini bosh murabbiy hal qiladi. Umid qilamanki, o‘z tajribam bilan murabbiyga yordam beraman va jamoaga foyda keltiraman», - dedi Denisov.

Vitaliy Denisov Toshkentda tug‘ilgan. «Paxtakor» klubida futbol bilan shug‘ullanishni boshlagan. Keyinchalik o‘qishni Moskvaning «Akademik» klubida davom ettirgan. TsSKA, «Spartak NN» va «Dnepr» klublarida o‘ynagan. 2013 yildan beri Moskvaning «Lokomotiv» klubi sharafini himoya qilgan. U «temiryo‘lchilar» safida jami 141ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 11ta golga hammualliflik qilgan. O‘tgan mavsumni u «Krilya Sovetov» klubida ijarada o‘tkazgan.

O‘zbekiston milliy jamoasi safida 72ta o‘yinda 1ta gol urgan.

Mavzuga oid