Samarqandda Oilaviy nodavlat bog‘chalar uchun seminar o‘tkazildi
O‘zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan so‘nggi yillarda qator islohotlar va ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ulardan biri — oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari ochilganidir.
Samarqand viloyatida bu borada ijobiy tajriba to‘planganini alohida qayd etmoq joiz. Chunki, respublikamizdagi bir yarim mingdan ortiq oilaviy maktabgacha ta'lim muassasalarining qariyb yarmi — 727tasi aynan Samarqand viloyatida joylashgan.
Mana shu sababdan Past Darg‘om tumani markazida joylashgan tadbirkor Sh.Hasanovaga tegishli oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va ularning me'yoriy hujjatlarining yuritilishini muvofiqlashtirish yuzasidan viloyat miqyosida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Unda viloyatdagi shaharlar va tumanlarning maktabgacha ta'lim bo‘limlari mudirlari, metodistlar va oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarlari qatnashishdi.
Seminarda bugungi kunda viloyatda tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning asosiy yo‘nalishlari:
· oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, tashkilotda ish hujjatlarining yuritilishi;
· oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida moliyaviy hisob-kitob ishlarini yuritishdagi asosiy vazifalar;
· gigiyenik talablar asosida sog‘lom ovqatlantirish ishlarini tashkil etish;
· oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish, Open EMIS ta'limni boshqarishning axborot tizimi faoliyatini tartibga solish, tizimga ma'lumotlarni muntazam ravishda kiritish borasida belgilangan asosiy vazifalar;
· oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tez tibbiy yordam profilaktikasi, infeksiya tarqalishi oldini olish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Qayd etib o‘tish lozimki, hozirgi kunda Samarqand viloyatida jami 1444ta (638ta davlat, 51ta xususiy, 28ta davlat-xususiy sherikchilik asosida va 727ta oilaviy shaklda) maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bog‘chalarga jami 108 621 nafar bola qamrab olingan, qamrov 34,5 foizni tashkil qiladi.
O‘z muxbirimiz
Mavzuga oid
12:18 / 08.12.2024
Samarqandda qarovsiz qolgan 14 yoshli qiz vaqtincha qarindoshlari qaroviga topshirildi
14:26 / 28.11.2024
Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi
14:19 / 28.11.2024
Erkinjon Turdimov ishdan ketdi
09:18 / 17.11.2024