Sankt-Peterburgdagi qurilish maydonida O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi
O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019 yilning 16 iyul kuni mazkur shahardagi qurilish maydonida O‘zbekiston fuqarosi J.U. vafot etgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan ma'lumotni tasdiqladi.
TIV xabarida aytilishicha, Bosh konsulxona o‘lim fakti yuzasidan tekshiruv o‘tkazayotgan tergov organlari bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazoratga olgan.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan va eslatishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.