Toshkent viloyatining 5ta markazida xorijga chiqish pasportini olish mumkin
Toshkent viloyati aholisiga xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish uchun 1 dona texnik qurilma ajratilgan bo‘lib, 2019 yil 4 yanvar kunidan boshlab fuqarolarni qabul qilish jarayoni viloyat IIBB MvaFRBda boshlangan edi. Toshkent viloyati shahar-tumanlari aholisini xorijga chiqish pasporti bilan ta'minlashda fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish maqsad qilindi. Shu yilning may-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan viloyatning quyidagi shahar-tuman IIB MvaFRBlariga yana qo‘shimcha 4 dona texnik qurilmalar ajratildi.
Ushbu qurilmalar quyidagi tarzda taqsimlangan:
Toshkent viloyati IIBB MvaFRBda
- Zangiota tumani (194,3).
- Toshkent tumani (177,0).
- Qibray tumani (196,9).
- O‘rtachirchiq tumani (146,1).
- Nurafshon shahar (48,2).
Jami aholi soni: 762,5
Chirchiq shahar IIB MvaFRBda
- Chirchiq shahar (155,5).
- Bo‘stonliq tumani (166,8).
- Yuqorichirchiq tumani (132,3).
- Parkent tumani (151,2).
Jami aholi soni: 605,8
Yangiyo‘l shahar IIB MvaFRBda
- Yangiyo‘l shahar (59,6).
- Yangiyo‘l tumani (205,7).
- Chinoz tumani (130,9).
- Quyichirchiq tumani (105,8).
Jami aholi soni: 502,0
Ohangaron tuman IIB MvaFRBda
- Ohangaron tumani (93,9).
- Ohangaron shahar (36,8).
- Olmaliq shahar (128,7).
- Angren shahar (185,4).
- Piskent tumani (98,9).
Jami aholi soni: 543,7
Bo‘ka tuman IIB MvaFRBda
- Bo‘ka tumani (123,0).
- Bekobod tumani (154,2).
- Bekobod shahar (94,0).
- Oqqo‘rg‘on tumani (103,0).
Jami aholi soni: 474,2
Shu munosabat bilan Toshkent viloyati IIBB MvaFRB ushbu shahar-tumanlar aholisi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan manzillar bo‘yicha xorijga chiqish pasportini olish uchun hujjat topshirishlari va tayyor pasportni olishlari mumkinligini ma'lum qiladi.
Fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borish maqsadida, o‘zbek va rus tilida kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlarga O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasportidan foydalangan holda respublikamizdan chiqishlari mumkinligi to‘g‘risida hamda 5 ta hududga o‘rnatilgan texnik qurilmaga rasmga tushish uchun qaysi shahar-tuman aholisi murojaat etishlari to‘g‘risidagi e'lonlar berib borilmoqda
Xorijiy davlatlarga ketuvchi fuqarolarga, ya'ni ikkinchi jaxon urushi qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan fuqarolar, homilador ayollar, yosh bolalar, nogironlar, kasallarni navbatsiz qabul qilish tizimi joriy etilgan.
Toshkent viloyati IIBB MvaFRB
Mavzuga oid
18:48 / 27.12.2024
Toshkent viloyatida quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarildi
13:50 / 27.12.2024
Toshkent viloyatidagi uchta AYoQShda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
23:07 / 21.12.2024
Toshkent viloyatida chiqindi poligonlari xizmat narxi oshiriladi
16:16 / 17.12.2024