Sport | 11:35 / 31.07.2019
32694
2 daqiqa o‘qiladi

UFC’da qozog‘istonlik birinchi jangchi paydo bo‘ldi. U O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan

Foto: MIA "Kazinform"

24 yoshli qozog‘istonlik jangchi Shavkat Rahmonov UFC bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda uning menejyeri Sayat Abdrahmonov Instagram sahifasida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

«Shavkat Rahmonov UFC bilan shartnoma imzoladi va tarixga eng yaxshi MMA tashkiloti bilan shartnoma imzolagan qozog‘istonlik birinchi jangchi sifatida kiradi. Debyut noyabrga rejalashtirilgan. Shavkat birinchi bo‘ldi, ammo, ishonchim komilki, u mamlakatimizning UFC'dagi so‘nggi vakili bo‘lmaydi», - deb yozadi Abdrahmonov.

MMA’da Shavkat Rahmonovning professional debyuti 2014 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tdi. Shu yil mart oyida u ikkinchi yarim o‘rta vaznda M-1 Global chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi, iyun oyida esa kamarini birinchi marotaba muvaffaqiyatli himoya qildi. Jangchi 12ta jangda 12ta g‘alabaga erishgan.

Qayd etilishicha, Shavkat Rahmonov O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan. Millati bo‘yicha u qozoq.

Jangchining Vesti.kz’ga bergan intervyuda aytishicha, bundan oldin bozorda yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan. Jang san'atidagi doimiy mashg‘ulotlar tufayli u MMA’da g‘alabalarga erishishga muvaffaq bo‘ldi.

Mavzuga oid