Jamiyat | 18:24 / 01.08.2019
19674
1 daqiqa o‘qiladi

72 yoshli ayol Qur'oni Karim hofizi bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

Xayriya Husayn Sobir xonim Jidda shahrining bu yildagi eng yoshi ulug‘ qoriyasi deb e'lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.

Aytishlaricha, u Allohning kalomini yodlashni boshlaganida katta qiyinchiliklarga duch kelgan. Biroq qisqa fursat ichida Allohning inoyati bilan bu yo‘ldagi barcha murakkabliklar nihoyasiga yetgan.

“Unga bu yo‘lda qoriya singlisi katta yordam bergan. Xayriya Husayn Sobir xonim Jidda shahridagi Dorul Huda Qur'on markazida ikki yilda Qur'oni Karimni butunlay yod olib, maxsus guvohnoma olgan. Ma'lum bo‘lishicha, qoriya xonim hozirda Qur'oni karim bilimlari va tafsiri bo‘yicha o‘z malakasini oshirishda davom etmoqda”, - deyiladi xabarda

Mavzuga oid