O‘zbekiston | 18:43 / 03.08.2019
113033
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh vazir sobiq o‘rinbosari zavod direktori etib tayinlandi

Foto: KUN.UZ

Bosh vazir o‘rinbosari hamda Toshkent viloyati hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan G‘ulomjon Ibragimov «Birinchi Rezinotexnika Zavodi» MChJ direktori etib tayinlandi.

G‘ulomjon Ibragimov viloyat rahbari lavozimida 2017 yilning oktyabrida paxta hosilini qo‘shib yozgani uchun ishdan olingan Shukrullo Boboyev o‘rnida ish boshlagandi. U 2018 yilning yanvarida Toshkent viloyati hokimi lavozimiga rasman tayinlangan.

Ibragimov 1958 yil Toshkent viloyatining Piskent tumanida tavallud topgan. 1980 yilda Toshkent politexnika institutini, 2003 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy ishbilarmonlik maktabini tamomlagan.

Ancha yillar davomida Olmaliq kimyo zavodida mehnat qilgan, 2004—2010 yillarda «O‘zkimyosanoat» kompaniyasi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2010 yildan O‘zbekiston hukumati tarkibida bosh vazir o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Ma'lumot uchun, Angrenda joylashgan shinalar ishlab chiqarish zavodi O‘zbekiston Prezidentining 2014 yildagi tegishli qaroriga muvofiq, qurib, bitkazilgan. 2018 yil iyuldan boshlab, ko‘p turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Mavzuga oid