O‘zbekiston | 15:43 / 04.08.2019
14360
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonga keldi

Foto: RIA Novosti / Maksim Blinov

Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov V xalqaro armiya o‘yinlari doirasida “Harbiy-tibbiy estafeta” ko‘pkurashida ishtirok etayotgan Rossiya qurolli kuchlari terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Tashrif davomida Timur Ivanov Rossiya terma jamoasi a'zolari bilan uchrashadi, sportchilarning joylashish sharoitlari va Forish tog‘ poligoni infrastrukturasi bilan tanishadi”, - deyiladi xabarda.

“Harbiy-tibbiy estafeta” ilk bor xorijda, O‘zbekistonning Forish o‘quv bazasida o‘tkazilmoqda. Ishtirokchi harbiylar maxsus texnikani boshqarish, yaradorlarni jang maydonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan holda olib chiqib ketish, o‘q otish, to‘siqlardan o‘tish kabi musobaqalarda bellashadi.  

Bu yilgi estafetada 11 davlat (Ozarboyjon, Angola, Armaniston, Belarus, Vetnam, Zimbabve, Myanma, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston) qatnashmoqda, Venesuela qurolli kuchlari vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.

Mavzuga oid