Trampga Qozog‘istonda “arab bahori” xatolarini takrorlamaslik tavsiya qilindi
AQShning Heritage jamg‘armasi tashqi siyosat markazi direktori Lyuk Koffi o‘z maqolasida Qozog‘istonda hokimiyat o‘zgargandan keyin Qozog‘iston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarga baho berdi va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik uchun eng istiqbolli sohalarni belgilab berdi. Bu haqda The National Interest nashri xabar berdi.
Ekspertning fikricha, Oq uy Qosim-Jo‘mart Toqayevning hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan islohotlarga munosabatini ehtiyotkorlik bilan shakllantirishi lozim. Koffi Qozog‘istonda yuqori darajada korrupsiya, jamiyatda ijtimoiy keskinlik va iqtisodiyotda muammolar mavjudligini ta'kidlab o‘tgan.
“Toqayev uzoq vaqtdan beri sermahsul bo‘lgan Qozog‘iston-AQSh munosabatlari yo‘nalishini o‘zgartirmaydi. Shu sababli Tramp ma'muriyati o‘zaro hamkorlikni yaxshilash yo‘larini topish uchun Qozog‘iston bilan yaqindan hamkorlik qilishi lozim”, deb aytgan Koffi o‘z maqolasida.
Uning ta'kidlashicha, AQSh Markaziy Osiyoning radikal ekstremizmga qarshi kurashuvchi va islohotlar o‘tkazuvchi eng raqobatbardosh davlatlari bilan hamkorlikka intiladi.
“Qozog‘iston Afg‘onistonda foydali hamkor bo‘ldi. Mamlakat iqtisodiy va ta'lim loyihalariga o‘nlab million dollarlar sarmoya qilgan. Ehtimol, bu eng muhimidir – Qozog‘iston AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlari ta'minoti tarmog‘ining ajralmas qismi hisoblanadi”, deb ta'kidlab o‘tgan Koffi.
Mutaxassisning aytishicha, Qozog‘istonga Suriya bo‘yicha muzokaralar qanday natija berayotganiga qaramay, ularni tashkillashtirgani va o‘tkazgani uchun minnatdorlik bildirish kerak. Koffi energetika sohasida hamkorlik qilishda katta salohiyatni ko‘rayotganini, Qozog‘iston AQShning Yevropadagi ittifoqdoshlariga Rossiya nefti va gazidan tobelikni yengishda yordam bera olishi mumkinligini aytgan.
Koffining ta'kidlashicha, AQSh siyosatchilari Qozog‘istondagi islohotlarga nisbatan munosabatlarini bildirishda ehtiyotkor bo‘lishlari lozim. AQSh mintaqadagi barqarorlikdan manfaatdor.
“Ba'zi qozog‘istonliklar demokratik islohotlar o‘tkazilishining past sur'atlaridan norozilar, bu esa yaqinda o‘tgan namoyishlarga olib keldi. Biroq ta'kidlash muhim, aholisi 18 mln kishi bo‘lgan mamlakatda namoyishlarga bor-yo‘g‘i bir necha ming kishi chiqdi. AQSh siyosatchilari ko‘cha namoyishlari radikal islohotlarni o‘tkazish uchun qo‘llangan “arab bahori” vaqtidagi tuzoqqa tushmasliklari kerak”, deb ta'kidlab o‘tgan mutaxassis.
Koffining fikricha, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlarida amalga oshirilishi uchun ancha ko‘p vaqt talab etiladigan islohotlarni qisqa muddatlarda o‘tkazishga harakat qilindi. Oqibatda mintaqada ixtiloflar va siyosiy beqarorlik yuzaga keldi. Koffi Toqayevning islohotlar o‘tkazishga intilishi va uning bu yo‘nalishdagi ilk qadamlarini ta'kidlab o‘tgan. Mutaxassis AQSh prezidentiga Oq uyning Markaziy Osiyo mintaqasiga jiddiy munosabatdaligini bildirish uchun Qozog‘istonga yaqin fursatlarda safar uyushtirishni tavsiya qilgan.
Mavzuga oid
18:40 / 27.12.2024
The Times AZAL samolyoti halokatiga oid yangi tafsilotlarni bayon qildi
17:09 / 27.12.2024
Azerbaijan Airlines Rossiyaning 10 ta shahriga parvozlarni to‘xtatdi
16:36 / 27.12.2024
Ozarboyjon prezidenti ma’muriyati Chechenistonning qurbonlarning oilalariga yordamini rad etdi
14:01 / 27.12.2024