Qozog‘istonda egizaklar ikki oy farq bilan tug‘ildi
Qozog‘istonning Uralsk shahrida yashovchi ayol ikki oy farq bilan ikki farzandni dunyoga keltirdi. Tengrinews xabariga ko‘ra, shifokorlar ushbu ayolda anatomik o‘ziga xoslik aniqlangani - uning bachadoni ikkitaligini aytishgan.
«G‘arbiy Qozog‘iston oblastidagi perinatal markazda kamdan-kam uchraydigan hodisa ro‘y berdi. Bachadoni ikkita bo‘lgan 29 yoshli Liliya Konovalova ikki oy va 16 kun farq bilan o‘g‘il va qiz farzandni dunyoga keltirgan. Hozir qizcha va bolakayning vazni deyarli teng, ularni onasi bilan uyiga jo‘natishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda», deyiladi xabarda.
Ayolning o‘zining birinchi homiladorligi odatdagidek kechgani, katta qizi hozirda yetti yoshda ekanini aytib o‘tgan.
Ammo uning ikkinchi homiladorligi og‘ir kechdi.
«Men hamisha kasal bo‘laverardim, shifokorlar menga yotishni va yurmaslikni buyurardi. 24 may kuni 850 gramm vaznga ega qizchani dunyoga keltirdim. Bu homiladorlikning 25-haftasida yuz berdi. Liya bir oyni jonlantirish bo‘limida o‘tkazdi. Keyin uni patologiya bo‘limiga joylashtirishdi. O‘g‘lim Maksim esa 9 avgust kuni kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ildi. Uning vazni 2,9 kilogramm va bo‘yi 50 santimetr. U haqiqiy bahodir», — deydi Liliya Konovalova.
G‘arbiy Qozog‘iston oblasti perinatal markazi direktori o‘rinbosari Yeset Yeralin oblastda bunday hodisa birinchi marta qayd etilganini ma'lum qilgan.
«Bu unikal hodisa. Mutaxassislarimiz ikki chaqaloqni tug‘dirib olishdi. Onaning anatomik o‘ziga xos xususiyati bor - u ikkita bachadonga ega. Hozirda chaqaloqlarning ikkisi ham o‘zini yaxshi his qilmoqda. Statistikaga ko‘ra, bunday holatlarda 50 million chaqaloqdan faqat bittasi omon qolishi mumkin. Ammo bizda hammasi yaxshi bo‘ldi. Ayolning ikki bachadoni bor, homila bir vaqtda paydo bo‘lgan, lekin turli bachadonlarda», deydi u.
Markazning bosh neonatologi Nurgul Junusova shifokorlar qizcha yashab ketishi uchun qattiq harakat qilishgan.
«Uning nafas olish tizimi hali yetilmagandi. Unga inkubator orqali nafas olishga yordam berildi. Hozir esa ona o‘z bolalarini ko‘krak suti bilan boqmoqda», degan u.
Mavzuga oid
23:10 / 23.12.2024
Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi
17:57 / 23.12.2024
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
15:00 / 18.12.2024