Sport | 10:10 / 27.08.2019
10447
2 daqiqa o‘qiladi

«Kislorod yetishmayotgan» qumli maydondagi «arman derbisi»dan fotogalereya

Foto: Tribuna.uz

Superliga 18-turining markaziy o‘yini poytaxtda o‘tkazildi. O‘z maydonida «Lokomotiv»ni qabul qilgan «Bunyodkor» mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Arslonmurod Omonovning goliga Sanjar Tursunov penaltidan urilgan gol evaziga javob qaytardi.

O‘yin negadir hali futbol o‘ynashga tayyor bo‘lmagan «Bunyodkor» stadionida o‘tkazildi. Bu esa futbolchilarga katta qiyinchilik tug‘dirdi, chunki maydon o‘ta sifatsiz edi. Shu bois ikki jamoa ham avvalo mag‘lub bo‘lmaslik uchun o‘ynadi.

Samvel Babayan o‘yindan so‘ng maydonning yomon holatda ekaniga kislorod yetishmayotganini sabab qilib ko‘rsatdi. Uning fikricha, maydonni noto‘g‘ri tayyorlashgan. Abramov esa o‘yindan so‘ng jamoasi «Lokomotiv»ga haddan tashqari yuqori baho berib yuborganidan ranjiganini aytdi.

Tribuna.uz muxbiri o‘yinni stadiondan kuzatdi va qiziqarli holatlarni kadrga joyladi. Quyida o‘yindan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.

M

Mavzuga oid