Jahon | 19:45 / 29.08.2019
6253
1 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy prezidentligining ilk 100 kunini tanqidiy baholashini aytdi

Foto : RIA Novosti / Stringer Pereyti v fotobank

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oliy radadagi chiqishi vaqtida prezidentligining ilk 100 kunini tanqidiy baholashini va uni «sokin sayr»  deb hisoblashini aytdi.  

«Yaqinda prezidentligimning ilk 100 kuni o‘tdi, turli baholar bo‘ldi, biroq ishoning, eng tanqidiy bahoni o‘zim berdim. Bu davrni kech tushgan payt o‘chirilgan chiroqlar bilan birinchi tezlikda sokin sayr qilish deb atash mumkin. Bu rost» , deb aytgan Zelenskiy. 

U hozirda mamlakat nihoyat «beshinchi tezlikni yoqib, o‘zgarishlar yo‘li bilan jadal harakatlanishi mumkinligiga»  ishonchi komilligini aytdi.

Mavzuga oid