O‘zbekiston | 11:53 / 31.08.2019
22683
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi

Davlatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari boshlandi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, ozodligimiz, yorug‘ kelajagimiz va pok niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar vakillari ham monument poyiga gullar qo‘ydi.

Mamlakat tarixida yangi sahifa ochgan, xalqimiz uchun eng ulug‘, eng aziz ayyom bo‘lgan Mustaqillik bayramiga hamma joyda katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Poytaxtdagi tantanali tadbir bugun “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid