Sport | 08:38 / 01.09.2019
13476
2 daqiqa o‘qiladi

Povetkin Xyui Fyuri ustidan g‘alaba qozonib chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

Foto: REUTERS

O‘ta og‘ir vazn toifasida WBA’ning sobiq muntazam jahon chempioni, rossiyalik Aleksandr Povetkin WBA xalqaro chempioni kamarini qo‘lga kiritdi. U Londonda o‘tgan 12 raundlik jangda britaniyalik Xyui Fyurini ochkolar bo‘yicha 117:111 hisobida mag‘lub etdi.

Povetkin britaniyalik Entoni Joshuadan mag‘lubiyatga uchragandan keyin ilk bor ringga ko‘tarildi. 2018 yil sentyabrda o‘tgan jangda rossiyalik 7-raundda texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchragandi. Shundan keyin u ikki qo‘lida operatsiya o‘tkazgan, uning keyigi jangi sanasi bir necha marta ko‘chirilgan. 

Jangga qaytsak, umuman olganda u uncha qiziqarli o‘tmagan va voqealarga uncha boy bo‘lmagan. Fyuri rossiyalikdan faolroq mushtlashgan, biroq Povetkin ko‘proq aniqroq zarbalar berishga muvaffaq bo‘lgan. 

Endilikda 2 sentyabrda 40 yoshga to‘ladigan Povetkinning hisobida 35 g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat bor. U bu g‘alaba bilan o‘z tug‘ilgan kuniga o‘ziga xos sovg‘a qildi. 

Sobiq jahon chempioni Tayson Fyurining amakivachchasi bo‘lgan 24 yoshli Xyui Fyurining hisobida esa endilikda 23 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat bor.

Mavzuga oid