Sport | 02:05 / 29.09.2019
38956
1 daqiqa o‘qiladi

Mahmud Murodov UFC’dagi debyut jangida g‘alaba qozondi

Foto: Profimedia

O‘zbekistonlik yakkakurash jangchisi Mahmud Murodov Mutlaq jangchilik chempionati – UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kiriko ustidan g‘alaba qozondi.

Jang Kopengagenda UFC Fight Night 160 turnirida bo‘lib o‘tdi.

Hakamlar bir ovozdan Murodovni g‘olib deb topishdi.

Mashhur amerikalik bokschi Floyd Meyvezer jamoasiga kiruvchi o‘zbekistonlik yakkakurash jangchisi O‘zbekistonning UFC’dagi ilk vakili hisoblanadi. Avvalroq Meyvezer Murodovni MMA’ning eng yaxshi jangchisi deb atagandi.

Murodov avval Yevropaning Oktagon va XFN ligalarida ishtirok etgan.

Mavzuga oid