Jahon | 23:13 / 02.10.2019
22375
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda ikki yuqori lavozimli amaldor o‘rtasida otishma yuz berdi

Afg‘onistonning Baglan viloyatida viloyat kengashi raisi o‘rinbosari va Puli-Xumri shahri politsiyasi boshlig‘i o‘rtasida otishma yuz berdi. Bu haqda Afg‘oniston ichki ishlar vazirligida xabar berildi.

Oqibatda ikki amaldor yaralangan, politsiya boshlig‘ining ukasi halok bo‘lgan. Voqea 2 oktyabrda mahalliy vaqt bilan soat 18:30 atrofida yuz bergan.

Ichki ishlar vazirligi voqeani tergov qilish uchun viloyatga ichki ishlar vaziri o‘rinbosari boshchiligida maxsus komissiya jo‘natgan. 

Mavzuga oid