O‘zbekiston | 19:15 / 02.10.2019
155201
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident maslahatchisi Rustam Inoyatovning o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Nozimbek Mansurbekovich Rustambekov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta'minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

U endi Adliya vazirligida Davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Adliya maslahatchisi Nozimbek Rustambekov 2018 yil avgustidan buyon prezident maslahatchisi Rustam Inoyatovga o‘rinbosarlik qilayotgandi. Ayni vaqtda Rustam Inoyatovning birinchi o‘rinbosari Bekzod Mavlonov o‘z lavozimini saqlab qolgan.

Ma'lumot uchun, Nozimbek Rustambekov 2018 yil fevralida Bosh prokuror o‘rinbosari bo‘lgan, keyinroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta'minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid