Tramp Turkiyaga qarshi «qudratli sanksiyalar» qo‘llashga tayyorlanmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp Suriya shimoli-sharqida «Tinchlik bulog‘i» deb nomlangan harbiy amaliyot o‘tkazayotgan Turkiyaga qarshi yirik sanksiyalar qo‘llashga tayyorlanayotganini ma'lum qildi.
«Men senator Lindsi Grem va kongressning boshqa ko‘plab a'zolari bilan, jumladan demokratlar bilan Turkiyaga qarshi kuchli sanksiyalar qo‘llash ustida ish olib boryapman. Moliya vazirligi ish boshlashga tayyor, qo‘shimcha qonun talab qilinishi mumkin. Bizda bu borada kelishuv bor. Turkiya bunday qilmaslikni so‘ragan. Kuting!», deya yozgan Tramp tvitterida.
9 sentabr kuni Turkiya Suriya shimolidagi kurdlarni janubga surib tashlash uchun «Tinchlik bulog‘i» nomini olgan harbiy amaliyot boshlagandi.
Bundan avvalroq Pentagon rahbari Mark Esper Turkiya Milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar bilan telefon orqali muloqot chog‘ida mazkur amaliyotni to‘xtatishni so‘ragandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an esa jahonning ko‘plab davlatlari talab qilayotganiga qaramay ushbu amaliyot to‘xtatilmasligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
15:32 / 20.12.2024
Britaniya Gurjiston IIV rahbariyatiga qarshi sanksiyalar kiritdi
14:54 / 17.12.2024
Seul RF va KXDR o‘rtasidagi harbiy hamkorlik uchun sanksiyalar kiritdi
13:27 / 17.12.2024
YeI Minskka qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
08:50 / 17.12.2024