Sport | 09:29 / 14.10.2019
24364
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik bokschi og‘ir nokautdan keyin komaga tushdi

Foto: Matchroom Boxing

Amerikalik bokschi Patrik Dey hamyurti Charlz Konvellga qarshi jangdan keyin shoshilinch ravishda shifoxonaga yetkazildi. Bokschi jangning 10-raundida og‘ir nokautga uchrab, ringdan nosilkalarda olib ketilgan.

Patrikning shifoxonaga yo‘lda ahvoli og‘irlashib, u koma holatiga tushgan. Chikagodagi shifoxonada bokschining miyasida operatsiya o‘tkazilgan. Ta'kidlanishicha, bokschining ahvoli o‘ta og‘ir deb hisoblanmoqda. Ayni vaqtda shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqdalar.

Boks jangi Chikagodagi boks kechasi doirasida o‘tgan. Kechaning bosh jangi ukrainalik Aleksandr Usik va amerikalik Chez Uizerspun o‘rtasida kechgan. Birinchi og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni bo‘lgan Usik og‘ir vazn toifasida debyut qilib, raqibini nokautga uchratgach, u 7-raundda jangni davom ettirishdan bosh tortgan. 

Mavzuga oid