Jahon | 17:50 / 16.10.2019
13039
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh koalitsiyasi o‘zining Suriya va Turkiya chegarasidagi bazasini yo‘q qildi

Foto: U.S. Army / Sgt. Nicole Paese

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriyaning Ayn-al-Arab shahri hududidagi bazasidan o‘z kuchlarini olib chiqib ketganidan so‘ng bazani yo‘q qildi, deb xabar berdi SANA agentligi.

Yakshanba kuni kurdlar va Damashq o‘rtasida Suriya shimoli-sharqiga hukumat qurolli kuchlarini kiritish to‘g‘risida kelishuvga erishilgach, Manbij tumani, Tabka bazasi va shahri hamda ilgari “Suriya demokratik kuchlari” nazoratida bo‘lgan Ayn-Issa va Tel-Tamr shaharlari hukumat kuchlari nazoratiga topshirildi.

Amerikalik harbiylar Tabka, Ayn-Issa va Manbijdagi bazalarini ham tark etdi.

Kurdlar va Damashq o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, Suriya armiyasi turklar hujumini qaytarish va mahalliy aholini himoya qilish uchun chegara oldidagi butun hududni egallashi lozim.

Mavzuga oid