Xalqaro atom energiyasi agentligiga yangi bosh direktor tayinlandi
Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) boshqaruvchilar kengashi Argentinaning doimiy vakili Rafael Grossini agentlik yangi bosh direktori etib tayinladi.
Iyul oyida XAEA bosh direktori, 2009 yildan beri agentlikka rahbarlik qilib kelgan Yukiya Amano vafot etgani ma'lum bo‘ldi. Uning o‘limidan so‘ng, Ruminiyaning ushbu tashkilotdagi sobiq vakili Kornel Ferutse XAEA bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
XAEA bosh direktorini tashkilotning boshqaruv kengashi tayinlash vakolatiga ega. Shundan keyin nomzod Bosh konferensiya tomonidan ma'qullanadi, unda tashkilotga a'zo barcha davlatlar qatnashadi.
Ovoz berishda to‘rt nafar nomzod ishtirok etdi: Grossi va Ferutse, shuningdek, Yadro sinovlarini har tomonlama taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma tashkilotining tayyorlov komissiyasi ijrochi kotibi Lassina Zerbo hamda Slovakiya vakili Marta Jakova. Dushanba kuni boshlangan bosh direktorni saylashning oxirgi bosqichiga Ferutse va Grossi chiqdi. G‘olib bo‘lish uchun nomzod ovozlarning uchdan ikki qismini olishi kerak edi.
Mavzuga oid
22:04 / 06.12.2024
Eron 4 ta yadro kallagi ishlab chiqarish uchun yetarli uranga ega - AEXA
18:51 / 04.12.2024
Shavkat Mirziyoyev AEXA bosh direktori bilan uchrashdi
11:55 / 05.09.2024
AEXA rahbari Grossi: Zaporijjya AES sovitish minorasi kelajakda buzib tashlanishi kerak
09:51 / 04.09.2024