Buxoroda qaynonasidan o‘ch olmoqchi bo‘lgan erkak og‘ilxonaga o‘t qo‘ydi
Yaqinda Buxoro viloyatining Peshku tumanida joylashgan xonadonlardan birining og‘ilxonasida katta yong‘in yuz berdi. Bu haqda «Postda» nashri yozmoqda.
Og‘ilxonaning yarmi qishga g‘amlangan somon bilan to‘la edi. Birpasda somon ham, og‘ilxona ham olov iskanjasida qoldi. Qo‘ni-qo‘shnilar bilan hamjihatlikda yong‘in o‘chirilgach, hammaning xayolida bir savol aylanardi: «Yong‘in qanday kelib chiqdi?». Kimdir yosh bolalar gugurt o‘ynab yoqqan, desa, ayrimlar qisqa tutashuvdan, deyishdi. Lekin hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi. Og‘ilxonaga shu xonadon kuyovi tomonidan qasddan o‘t qo‘yilganligi ma'lum bo‘ldi.
I.E. xotini bilan bir yostiqqa bosh qo‘yganiga yigirma yil o‘tsa-da, oilada totuvlik bo‘lmadi. Xurmacha qiliqlari bois ayoliga ko‘p azob berar, u esa onasinikiga ketib qolaverardi.
Oxirgi janjaldan keyin turmush o‘rtog‘i yana onasinikiga ketib qolgandi. Uni olib kelish uchun borgandi, qaynonasi ro‘yxushlik bermadi. Mahalla raisi bilan kel, deb qaytarib yubordi. Unga alam qildi. Oshxonaga kirib, spirtli ichimlikdan bo‘kkuncha ichdi. Shirakayf bo‘lgach, yana ortiga qaytdi. Lekin bu safar endi qaynonasi bilan gaplashishni istamadi. To‘g‘ri og‘ilxona tomon yurdi. Ichkariga kirib, shosha-pisha gugurtni oldi. Atrofga bir zum alanglab, hech zog‘ ko‘rmaganiga ishonch hosil qilgach o‘t qo‘ydi.
I.E.ning o‘ylamay qilgan bu ishi qaynonaga katta zarar keltirdi. Ayni paytda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
08:45 / 20.12.2024