Sport | 12:10 / 05.11.2019
13397
2 daqiqa o‘qiladi

Aziz Haydarov: «Milliy jamoa ixtiyorida atigi 40 nafar futbolchi bor»

Foto: KUN.UZ

AOKAda 2018 yil 16 martda e'lon qilingan «2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish dasturi» to‘g‘risidagi prezident farmoni ijrosi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

Unda qatnashayotgan O‘FA bo‘lim boshlig‘i Aziz Haydarov Yaponiya futboli namuna olishga arziydigan ekanini aytdi. Bundan tashqari Haydarov milliy jamoa ixtiyorida futbolchilar kamligi haqida ham gapirdi.

«Biz rivojlanish uchun Yaponiya va Belgiya futbolini namuna qilib olsak bo‘ladi. Bu mamlakatlarda futbol tizim orqali rivojlanadi. Afsuski, bizda tizim shakllangan deya olmayman. Masalan, Yaponiyada 7 yoshdanoq futbolchilar milliy jamoaga yig‘iladi, biz esa 17 yoshdan yig‘ilishni boshlaymiz. Bizda milliy jamoalar soni 5 ta, ammo biz ular sonini 10 taga yetkazishimiz kerak. Bu uchun esa pul kerak.

Viktor Borisov 2003 yilgi yoshlar o‘rtasidagi JChga olib chiqqan jamoani eslaysizmi? O‘sha jamoada Oliy Ligada o‘ynaydigan 104 ta futbolchi bo‘lgan. Biz kecha Saudiyaga 19 yoshli jamoani saralashga yubordik. Bu jamoada oshib borsa, 1-2 ta yuqori divizionda o‘ynaydigan futbolchi bor xolos. Milliy jamoa ixtiyorida 40 ta futbolchi bor.

Biz o‘ynagan vaqtimizda oddiy to‘p yetishmasdi, lekin biz futbolchi bo‘lishga intilganmiz. Hozir esa maktab ko‘p, lekin sifat yo‘q. Futbolchilar yoshini o‘zgartirib keladi. O‘ziga ishonmaydigan bunday bolalar boshqa yosh futbolchilarning ham yo‘lini to‘sadi. Biz yuqori divizionda o‘ynaydigan yosh futbolchilar sonini oshirishimiz kerak»,— deb Haydarovning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.

Mavzuga oid