Jamiyat | 12:38 / 14.11.2019
6818
1 daqiqa o‘qiladi

Ohangaronda og‘ufurushlar ushlandi

Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida og‘ufurushlar ushlandi. Bu haqda «Postda» nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Ohangaron shahrida yashovchi 53 yoshli A.A. va 43 yoshli E.G. shahar IIB JQB xodimlari tomonidan to‘xtatib, tekshirilgan.

Nashrning yozishicha, tekshiruv chog‘ida bu shaxsning yonida 905,66 gramm giyohvandlik moddasi borligi va uni sotishga olib ketishayotgani ma'lum bo‘ldi.

Xabarda bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid