Light | 22:54 / 15.11.2019
10252
1 daqiqa o‘qiladi

Yurak xurujidan ogohlantiruvchi mobil dastur ishlab chiqildi

Foto: fainaidea

Yurak xurujidan ogohlantiruvchi mobil dastur ishlab chiqildi. Dastur yordamida yurak xuruji xavfini aniqlash mumkin. Bu haqda Fainaidea nashri xabar berdi. 

Odatda yurak faoliyatiga tashxis qo‘yishda elektrokardiogramma qo‘llanadi. Biroq har doim ham buni amalga oshirishning iloji bo‘lmaydi.

Yangi dastur gadjetlar uchun ishlab chiqilgan va Android hamda iOS operatsion tizimlari negizida ishlaydi. Dasturdan foydalanish uchun bor-yo‘g‘i ikki datchikni tanaga ulash kerak, vaholanki elektrokardiogrammada 12 ta datchik qo‘llanadi.

Endi smartfon hamda ushbu dasturga ega kishi yurak xuruji bor-yo‘qligini tezda aniqlashi mumkin.

Kardiologlar dasturni sinovdan o‘tkazgach, u aniq ishlashini va an'anaviy elektrokardiogrammadan hech ham qolishmasligini aytishgan.

Shifokorlarning ta'kidlashicha, ushbu nou-xau odamlarga xavfli alomat bo‘lganda tezkor malakali tibbiy yordam olishda yordam beradi.

Mavzuga oid