Jamiyat | 12:32 / 20.11.2019
9023
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘ztransgaz» favqulodda holatning oldi olingani haqida ma'lum qildi

Foto: O‘ztransgaz

G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli KS-3B Yangiyer sanoat maydonchasida gaz haydash agregatlarining diametri 720 mm bo‘lgan gazni uzatish quvurlarida diagnostika tekshiruv ishlari o‘tkazilib, agressiv nuqson aniqlandi.

“O‘ztransgaz” AJ xabariga ko‘ra, boshqaruv apparatning tegishli departament va bo‘limlari hamda G‘allaorol MGQB ishchi xodimlarining sa'y-harakati bilan falokat kelib chiqishining oldini olish uchun tezkor reja tuzildi. Mas'ul xodimlar ishtirokida gaz transport tizimiga ma'lum o‘zgartirish kiritildi.

Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi iste'molchilarini gaz ta'minotidan uzmagan holda 12 soat davomida ta'mirlash ishlari olib borilib, 11 metr quvur almashtirildi. Natijada, favqulodda holatning oldi olingani, ko‘p miqdorda tabiiy gazning texnologik yo‘qotilishiga yo‘l qo‘yilmagani aytiladi.

Qayd etilishicha, tabiiy gaz tizimining bir maromda ishlashi ta'minlandi.

Mavzuga oid