Light | 07:34 / 22.11.2019
32786
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Sivilizatsiyani yutib yuborishga qodir tabiat – rassom tasavvurida

Foto: Charli Davoli

Charli Davoli – sayyoramiz kelajagini o‘ziga xos suratda ko‘ra oladigan iste'dodli fotorassom. U inson va tabiat o‘rtasidagi qarama-qarshilikda tabiat tomonda bo‘lishni afzal biladi. Chunki ertami-kechmi tabiat zamonaviy sivilizatsiyani yutib yuborishiga ishonadi.

Syurrealistik fotografiya vakili o‘z ijod namunalarini Instagram sahifasiga joylab boradi.

Davoli bu yilni faol sayohatlarga sarflab, dunyoning yarmini aylanib chiqdi. Qayerda bo‘lmasin, shahar manzaralarini suratga oldi. U yovvoyi tabiat bu joyni qo‘lga kiritish uchun kurash olib borganida qanday ko‘rinishda bo‘lishini tassavur qilishga urindi.

Shu tariqa «Tabiat antiutopiyasi» loyihasi paydo bo‘ldi. Unda shahar manzaralari tabiat tomonidan zabt etilgan va uning xohishiga ko‘ra o‘zgartirilgan. Tabiat o‘ziga tegishli makonni o‘zi istagan tarzda qayta taqsimlaydi. Yo‘lida uchragan insoniyat izlarini «yakson qiladi».

Mavzuga oid