O‘zbekiston | 19:20 / 25.11.2019
28626
1 daqiqa o‘qiladi

Tatariston prezidenti Samarqandga keldi

25 noyabrda Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov Samarqandga ishchi tashrif bilan yetib keldi. Samarqand xalqaro aeroportida uni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi. 

Rustam Minnixanov aeroportdan O‘zbekistonning tatar jamoat tashkilotlari faollari bilan uchrashuvga yo‘l oldi.

26 noyabrda Minnixanov Samarqandda “KAMAZ” yuk avtomobillarini yig‘ish bo‘yicha yangi liniyani ochishi rejalashtirilgan. Kunning ikkinchi yarmida Tatariston prezidenti va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiya a'zolari Toshkentga yo‘l olishadi va poytaxtdagi Toshkent qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi faoliyati bilan tanishishadi hamda Tataristoning “Novyy vek” teleradiokompaniyasi muxbirlik punktiga tashrif buyurishadi.

Bundan tashqari, Minnixanovning O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyev bilan “O‘zbekiston-Tatariston” biznes forumi doirasida uchrashuvi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid