“Biz OITSga qarshimiz” marafoni o‘tkazildi
30 noyabr kuni Toshkent shahrining “Milliy” stadionida “Biz OITSga qarshimiz” shiori ostida yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Mazkur marafon 1 dekarb─ xalqaro OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan tashkillashtirildi.
300 nafardan ortiq ko‘ngillilar ishtirok etgan marafonda aholi OITSga qarshilik kayfiyatini namoyish etgan holda yurish va chiniqtirish mashqlarini ommaviy bajarishdi.
UNAIDS (BMTning OIV/OITS bo‘yicha dasturi) ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyo bo‘yicha 37 mln aholida OIV infeksiyasi aniqlangan. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 2019 yil 1 noyabr holatiga ko‘ra 42,098 nafarni tashkil etadi.
Har yili an'anaviy ravishda 1 dekabr sanasi OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Bu butun dunyo hamjamiyatining e'tiborini mazkur global muammo va uning yechimlariga qaratish, OITSdan himoyalanish uchun xabardorlikni oshirish, bemorlarni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qiladi. 2019 yilda mazkur sana “Hamjamiyat o‘zgarishlarga erishmoqda” shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda OIV virusiga qarshi dori-darmonlarning 50 foizi davlat budjetidan qoplanadi. Shuningdek, 2018 yilda OITS bilan yondosh kechuvchi kasalliklarni davolash uchun dori vositalariga 811 mln, bemor onadan tug‘ilgan bolalarga quruq sut aralashmalarini xarid qilish uchun 3 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.
Marafon doirasida ishtirokchilarga OITS kasalligi, undan himoyalanish bo‘yicha axborot berildi, ma'lumotnoma-byulletenlar tarqatildi.
Mavzuga oid
17:27 / 02.12.2024
OITVga qarshi yangi dori - deyarli 100 foiz samarali, ammo juda qimmat
23:55 / 26.11.2024
Dunyoda OIVga chalinish va undan o‘lim 12 yil ichida keskin kamaydi - tadqiqot
10:21 / 28.03.2023
Buxoroda erkaklarga OITS yuqtirgan andijonlik 21 yoshli ayol qamoqqa olindi
22:57 / 20.01.2023