Sayyoramizni qutqarishning bahosi ma'lum qilindi
Sayyoramizni iqlim falokatidan qutqarishning bahosi ma'lum qilindi. Bu haqda Euler Hermes sug‘urta kompaniyasi tadqiqotida aytilgan.
Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, sayyoramizda iqlim o‘zgarishining oldini olish choralari jahon iqtisodiyotiga 2,5 trln dollarga aylanishi mumkin.
Birinchi navbatda, bu energetika tarmog‘ini qamrab oladi. Bu sohada iqtisodiy siyosatni qayta ko‘rib chiqish xarajatlari 900 mlrd dollarga yaqinni tashkil qiladi.
Shuningdek, po‘lat ishlab chiqarishga 300 mlrd dollar hamda havo va dengiz transportiga 55 mlrd dollar talab etiladi.
Ta'kidlanishicha, Yevropa Ittifoqi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni hisobga olgan holda o‘z iqtisodiyotini tubdan qayta ko‘rib chiqishga tayyorlanmoqda. Xususan. Yevropada 2050 yilgacha atmosferaga issiqxona gazlari chiqarilishiga chek qo‘yilmoqchi. Bunga erishish uchun esa iqtisodiy siyosatni o‘zgartirish va “yashil” sarmoyalar hajmini oshirish zarur bo‘ladi.
Bundan tashqari, yevropaliklar 5 yil davomida iqlimni yaxshilashga trillion dollar yo‘naltirishni rejalashtirmoqdalar.
Mutaxassislarning fikricha, agar issiqxona gazlari chiqarilishi hajmi kamaymasa, unda buning oqibatida yuz beradigan iqlim o‘zgarishi XXI asr oxiriga kelib tabiiy ofatlar sonining hozirgi davrdagiga nisbatan 3 marta ko‘payishiga olib keladi. Shuningdek, yirik toshqinlar soni oshadi.
Mavzuga oid
21:30 / 23.11.2024
COP29: Boy davlatlar iqlimni moliyalashtirishni oshirishga rozi bo‘ldi
15:43 / 20.11.2024
OTB O‘zbekistonning iqlimga moslashish islohotlari uchun 250 mln dollar ajratdi
19:40 / 17.11.2024
Olimlar dunyodagi chuchuk suv zaxiralari nega kamayganini tushuntirdi
16:16 / 16.11.2024