Toshkent hayvonot bog‘i boshqaruvi xususiy kompaniyaga berilmoqda
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent hayvonot bog‘ini kelgusida modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Madaniyat vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Toshkent hayvonot bog‘i” davlat muassasasi tashkiliy-huquqiy shaklini mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xo‘jalik jamiyatiga aylantirgan holda, “Wildlife Care” MChJga ishonchli boshqarishga berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Belgilanishicha:
a) “Toshkent hayvonot bog‘i” mas'uliyati cheklangan jamiyatining ustav kapitali qayta tashkil etilayotgan “Toshkent hayvonot bog‘i” davlat muassasasi mol-mulklarining qoldiq balans qiymatida shakllantiriladi va jamiyatning ustav kapitalidagi ta'sischi funksiyasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
b) Ishonchli boshqaruvchi tomonidan Ishonchli boshqarish shartnomasi talablariga to‘liq rioya etilgan taqdirda, shartnomaning muddati 30 yilgacha uzaytirib boriladi;
v) “Toshkent hayvonot bog‘i” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga aylantirilganda “Toshkent hayvonot bog‘i” davlat muassasasining amaldagi soliq rejimi saqlanib qolinadi;
g) ishonchli boshqaruvchi uchun to‘lanadigan haq miqdori “Toshkent hayvonot bog‘i” mas'uliyati cheklangan jamiyatining yil yakunlari bo‘yicha hisoblanadigan divident hisobidan to‘lanadi;
d) ishonchli boshqaruvchi tomonidan jalb qilingan investitsiyalar auditorlik tashkilotining hisobotiga asosan “Toshkent hayvonot bog‘i” mas'uliyati cheklangan jamiyatining sof foydasidan qaytariladi;
ye) “Toshkent hayvonot bog‘i” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga “Toshkent hayvonot bog‘i” davlat muassasasi uchun 2019 yilda ajratilgan mablag‘lardan kam bo‘lmagan miqdorda budjet hisobidan mablag‘lar ajratilib boriladi.
Qayd etilishicha, ishonchli boshqaruvchi tomonidan quyidagi takliflar bildirilgan:
dastlabki besh yil davomida 5 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish;
hayvonlar tarkibiy turini ko‘paytirish;
yangi volerlarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
hayvonlar uchun reabilitatsiya markazini tashkil etish va hayvonot bog‘i ishchilarining malakasini oshirish uchun o‘quv markazini tashkil etish;
zamonaviy audio-video vizualizatsiyasini joriy etish va boshqalar.
Mavzuga oid
19:52
“Avtobuslar uchun 100 ta kamera”: ular Toshkentda jamoat transportiga ajratilgan alohida yo‘lakdagi qoidabuzarliklarni qayd etadi
14:55
Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi tasdiqlandi
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
12:22 / 23.12.2024