Sport | 02:17 / 04.01.2020
30773
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonov APL jamoasini moliyalashtirishga tayyor

Foto: RIA "Novosti"

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov «Everton»ni moliyalashtirishga tayyorligini bildirdi.

«Men Moshirining «Everton»iga sarmoya kiritish haqida o‘ylayapman. Agar u mendan buni so‘rasa, mamnun bo‘lardim. «Arsenal»dan voz kechmayman, muxlis sifatida bu klubni qo‘llab-quvvatlayman. Lekin «Everton»ning hissadorlaridan biriga aylansam, albatta, Mersisayd klubining libosini kiyaman. Chunki professionalman.

Ular yangi stadion qurmoqchi. Nima uchun uni «USM Arena» deb nomlamaslik kerak? O‘zim qatnashishim shart emas. Men ularga shunchaki homiylik qilishim mumkin.

«Arsenal»ni yaxshi ko‘raman, lekin bu jamoa bilan muvaffaqiyat qozonolmadim. Yana nima qilishim mumkin? Ammo «Arsenal» mensiz nimanidir yo‘qotgan deb hisoblayman», – deb Usmonovning so‘zlarini keltiradi The Financial Times.  

Eslatib o‘tamiz, Usmonov avvalroq «Arsenal» klubining hissadorlaridan biri bo‘lgan, 2018 yilda esa o‘z ulushini sotib yuborgan.

Mavzuga oid