2019 yilda O‘zbekistonga 7 millionga yaqin sayyoh tashrif buyurdi
Bugun, 10 yanvar kuni «Taraqqiyot markazi»da Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda OAV vakillari ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida turizm sohasidagi 2019 yil natijalari va 2020 yil rejalari haqida batafsil ma'lumot berildi.
Ma'lum qilinishicha, 2019 yilda esa O‘zbekistonga 6 mln 748 ming 500 nafar sayyoh tashrif buyurgan. Ularning 51,3 foizini 31-35 yoshdagi kishilar tashkil qiladi. Eng ko‘p tashrif buyurgan sayyohlar MDH mamlakatlaridan kelishgan. Taqqoslash uchun, 2018 yilda O‘zbekistonga 5 mln 346 ming 200 nafar sayyoh kelgandi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.b. Abdulaziz Oqqulovning ma'lum qilishicha, eng ko‘p sayyoh Buxoro, Toshkent shahri, Samarqand va Xorazm viloyatlariga tashriflar bo‘lgan.
Endilikda sayyohlarni yanada jalb qilish maqsadida an'anaviy va zamonaviy targ‘ibot usullari hamda turizm salohiyatni targ‘ib qiluvchi turli xil videoroliklar namoyishlari tashkillashtiriladi. Qolaversa, joriy yilda mehmonxonalar va ko‘ngilochar maskanlar soni kengaytirilishi rejaga kiritilgan.
Mavzuga oid
10:55 / 10.01.2025
Tog‘li hududlarda turizm majmualarini tashkil etishga 500 mln dollar investitsiya jalb qilinadi
16:46 / 07.01.2025
O‘zbekiston dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida 2 pog‘ona ko‘tarildi
11:15 / 28.12.2024
Konlardagi portlatishni kuzatish, pulli asosda o‘q otish va davlat tashkilotlari binolariga tashrif – O‘zbekistonda turizmning yangi yo‘nalishlari tayyorlanmoqda
20:15 / 26.12.2024