O‘zbekiston | 10:54 / 16.01.2020
82793
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Lavrov uchun lag‘mon

Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi rasmiy tvitterida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya TIV rahbari vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovning kechki ovqati surati joylashtirildi.

«Toshkentda vazir uchun lag‘mon tayyorlandi - Sergey Viktorovichning sevimli taomi. O‘zbekcha yoqimli kuch amalda», deyiladi elchixona tvitida.

Foto: Twitter / Russia in Uzbekistan

Sergey Lavrov 15 yanvar kuni kechqurun Toshkentga keldi. 

Tashrif dasturidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida muzokara o‘tkazish va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent shahridagi filialiga borish ko‘zda tutilgan.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning qator masalalari muhokama qilinadi. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzolash rejalashtirilgan.

Lavrovning Toshkentga rasmiy tashrifi sanasi 12-13 yanvarga rejalashtirilgandi. Ammo xalqaro tadbirlar jadvalidagi ayrim o‘zgarishlar sababli Rossiya tashqi ishlar vazirining 15-16 yanvarga ko‘chirilgandi.

Mavzuga oid