Derdiyo‘q «Paxtakor»ga o‘tdi
Toshkentning «Paxtakor» klubi Turkiyaning «Go‘ztepe» klubi hujumchisi Eren Derdiyo‘qni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Futbol Online nashrining tvitterdagi sahifasida shveysariyalik futbolchining toshkentliklar klubi libosini kiygan holda «Paxtakor» klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze bilan tushgan suratini e'lon qilgan. Futbolchi shartnomaga imzo chekkan.
Transfermarkt’ga ko‘ra, futbolchining transfer bahosi 350 ming yevroni tashkil etadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi Toshkent klubiga erkin agent maqomida kelmoqda. Uning yangi klubidagi maoshi haqida aniq ma'lumot yo‘q.
Ushbu tajribali futbolchi 10 fevral kuni «Paxtakor» safida debyut qiladi, shu kuni «sherlar» Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichini Dubayning «Al-Ahli» klubiga qarshi boshlaydi.
Asli turk millatiga mansub shveysariyalik hujumchi 2014-2015 yillarda «Qosimposho» klubida Shota Arveladze qo‘l ostida to‘p surgan.
Derdiyo‘q professional faoliyatini 2008 yilda Shveytsariyaning «Bazel» klubida boshlagan, 2009-2012 va 2013-2014 yillarda Germaniyaning «Bayyer» klubida to‘p surgan, 2012-2013 yillarda Bundesliganing boshqa bir vakili «Hoffenhaym» a'zosi bo‘lgan. U 2014 yilda Turkiyaga kelib, 2014-2016 yillarda «Qosimposho», 2016-2019 yillarda «Galatasaroy» klublari sharafini himoya qilgan, joriy mavsum avvalida «Go‘ztepe»ga kelgan va Turkiya Superligasining 5ta uchrashuvida ishtirok etgandi.
Mavzuga oid
17:46 / 25.12.2024
«Paxtakor» Igor Sergeyev jamoaga qaytganini e’lon qildi
17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida
12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi
18:13 / 21.11.2024